


Dunyodagi eng yirik Islom muzeyiga sayohat
Maktabimiz o'quvchilari Toshkentdagi "Islom sivilizati markazi" muzeyiga tumanimizdan birinchi bo'lib tashrif buyurishdi va boy tariximiz bilan yaqindan tanishishdi.
Muhammad Sharif Ibrohim - BAYON kitoblari do'koni, "Zamaxshariy izdoshlari" xususiy maktabi va bog'chasi asoschisi, sun'iy intellektni joriy qilish bo'yicha tadqiqotchi tadbirkor.
Ma'lumot olish
Farzandingiz odob va ilmni birgalikda o'rganishini xohlasangiz, Zamaxshariy izdoshlari aynan siz izlagan manzil.
O'quvchilarimiz o'zligini yo'qotmagan holatda millatga muhabbat, odob-axloq va ajdodlarga munosib avlod bo'lish ko'nikmalari bilan ta'lim oladi.
Maktabimizda aniq, ijtimoiy fanlar va xorijiy tillar chuqurlashtirilgan holatda o'rgatiladi. Tarbiya esa alohida fan sifatida kiritilgan.
Har bir sinf 20 nafar o'quvchidan iborat bo'lib, o'qituvchi har bir bola bilan alohida shug'ullanadi va uni kengroq tushunishiga yordam beradi.
O'quvchilarimiz doimiy ustozlar nazoratida zamonaviy bino va sinf xonalarda xavfsiz ta'lim olishadi.
O'quvchilarimiz darsdan tashqari sun'iy intellekt va dasturlash, tanqidiy fikrlash, mutolaa, notiqlik to'garaklari, sport turlaridan esa futbol, stol tennisi, shaxmat, shashka va kamondan o'q otish bilan muntazam shug'ullanishadi.
10-11 sinf o'quvchilarimiz uchun kasbga tayyorlash va turli xil Startup'lar bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish treninglari.
Ota-ona sifatidagi tashvishlaringizdan xabardormiz va ularga birgalikda yechim berish uchun harakat qilamiz.
Farzandim dars qilmaydi va kun bo'yi boshini TELEFONdan ko'tarmaydi.
O'quvchilarimiz uchun telefon va turli xil gadjetlardan maktabda bo'lsin yoki uyda foydalanish qat'iyan ta'qiqlanadi. Ota-ona o'quv yili boshida telefon bermaslik borasida tilxat yozib beradi.
Farzandim qaysi fan yoki sohaga qiziqishini aniqlay olmayapti.
Tajribali murabbiylarimiz o'quvchi salohiyatini erta aniqlab, unga mos yo'nalishni tanlashda yordam beradi.
Farzandim ko'p dars qiladi lekin natija ko'rinmaydi.
Maktabimiz ustozlari barcha uchun bir xil emas, o'quvchining o'ziga mos uslub bilan dars berishadi. Natijada o'quvchining samaradorligi yuzaga chiqadi.
5 ta fandan repititorga, kunlik oziq-ovqat va transportiga juda ham ko'p pul sarflayapmiz.
Bizda bir oylik to'lov ichida 3 mahal ovqatlanish, hech qanday qo'shimcha repititorlarsiz ta'lim va transport xizmati mavjud.
Farzandimning axloqi meni xavotirga solyapti.
Bizda o'quvchilar odob-axloq va ilmni bir paytda o'rganishadi. Natijada o'quvchi jamiyatda hurmat va izzatga sazovor shaxs bo'lib yetishadi.
Kitob o'qi desak, o'qimasdan darrov telefonga yopishadi.
Bizda o'quvchilar haftada bitta kitobni mutolaa qilib, uni notiqlik darsida gapirib berishi shart qilingan. Bu bilan o'quvchining dunyoqarashi va nutq ko'nikmasi tez rivojlanadi.
Farzandingiz o'qishdagi qiyinchiliklarini oson va samarali hal qilishga yordam beramiz!
Zamon talablariga mos o'quv bazasi va texnologiya asoslangan ta'lim tizimi
Sifatli va pokiza ovqatlanish majmuasi
Kutubxona va mutolaa darslari
Sinflar kesimida sun'iy intellekt, notiqlik va sport to'garaklari

Keng hovli va shinam dam olish joylari
Tuman markaziga yaqin, shovqinlardan holi joylashuv
Avtomobillar uchun alohida joylar
Olib kelish va olib ketish transport xizmatlari
Eng yaxshi ta'lim sifati, tajribali ustozlar va innovatsion yondashuv bilan farzandingiz kelajagini biz bilan yarating!
Boshlang'ich
O'quvchilarda ilmga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, boshlang'ich bilim va ijtimoiy odoblarni shakllantirish jarayoni. Eng asosiysi bahosiz ta'lim muhiti.
Batafsil ma'lumotO'rta
Barcha fanlardan poydevor bilimlarni egallash, qo'shimcha tarzda notiqlik, tanqidiy fikrlash, moliyaviy savodxonlik va sun'iy intellekt(AI)ni puxta o'zlashtirish jarayoni.
Batafsil ma'lumotYuqori
O'quvchining salohiyatidan kelib chiqqan holda o'zi xohlagan oliy o'quv yurtlariga tanlov fanlari asosida tayyorgarlik va kasbga yo'naltirish bosqichi.
Batafsil ma'lumotFarzandingizga sifatli ta'lim berish uchun eng yaxshi mutaxassislardan iborat jamoa tuzishga kirishdik.
Maktabimizdagi eng so'nggi voqealar va yutuqlardan xabardor bo'ling.
"Zamaxshariy izdoshlari" farzandingiz kelajagi uchun aniq va tezkor qadamlardan iborat qabul jarayonini taklif etadi.
Jamoamiz ota-onalarni maktab hududida kutib oladi va barcha savollarga javob berishga tayyor.
Har bir oilaga individual yondashuv asosida maktab va undagi barcha sharoitlar haqida to'liq ma'lumot beriladi.
Qabul komissiyasi a'zolari ota-onalar bilan suhbat o'tkazib, maqsadlarning bir-biriga qanchalik mos ekanligini aniqlaydi.
Maktab psixologi o'quvchining o'qishga tayyorlik darajasi, xulq-atvori va moslashuvchanligini baholaydi.
Poydevor fanlardan bilim darajasini aniqlash uchun osonlashtirilgan test sinovi o'tkaziladi va natijaga mos sinfga joylashtiriladi.
Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchi va oila "Zamaxshariy izdoshlari" oilasiga qo'shiladi.
Ma'lumotlaringizni yozib qoldiring va biz sizga tez orada bog'lanamiz.
Quyida bizdan tez-tez so'raladigan savollar uchun javoblarni tayyorlab qo'ydik.