Zamaxshariy
Izdoshlari

Milliy qadriyatlarga asoslangan zamonaviy ta'lim va tarbiya maskani.

Muhammad Sharif Ibrohim - BAYON kitoblari do'koni, "Zamaxshariy izdoshlari" xususiy maktabi va bog'chasi asoschisi, sun'iy intellektni joriy qilish bo'yicha tadqiqotchi tadbirkor.

Ma'lumot olish
Muhammad Sharif Ibrohim

Nima uchun 300 ga yaqin ota-onalar "Zamaxshariy izdoshlari"ni tanlamoqda?

Farzandingiz odob va ilmni birgalikda o'rganishini xohlasangiz, Zamaxshariy izdoshlari aynan siz izlagan manzil.

Milliy qadriyatlar va ijtimoiy odob

O'quvchilarimiz o'zligini yo'qotmagan holatda millatga muhabbat, odob-axloq va ajdodlarga munosib avlod bo'lish ko'nikmalari bilan ta'lim oladi.

Chuqurlashtirilgan ta'lim va tarbiya

Maktabimizda aniq, ijtimoiy fanlar va xorijiy tillar chuqurlashtirilgan holatda o'rgatiladi. Tarbiya esa alohida fan sifatida kiritilgan.

Alohida e'tibor

Har bir sinf 20 nafar o'quvchidan iborat bo'lib, o'qituvchi har bir bola bilan alohida shug'ullanadi va uni kengroq tushunishiga yordam beradi.

Xavfsiz va zamonaviy muhit

O'quvchilarimiz doimiy ustozlar nazoratida zamonaviy bino va sinf xonalarda xavfsiz ta'lim olishadi.

Qo'shimcha to'garaklar va sport

O'quvchilarimiz darsdan tashqari sun'iy intellekt va dasturlash, tanqidiy fikrlash, mutolaa, notiqlik to'garaklari, sport turlaridan esa futbol, stol tennisi, shaxmat, shashka va kamondan o'q otish bilan muntazam shug'ullanishadi.

Kasbga yo'naltirish va Startup loyihalar

10-11 sinf o'quvchilarimiz uchun kasbga tayyorlash va turli xil Startup'lar bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish treninglari.

Farzandingiz kelajagiga aloqador muammolaringiz bor, shundaymi?

Ota-ona sifatidagi tashvishlaringizdan xabardormiz va ularga birgalikda yechim berish uchun harakat qilamiz.

Farzandim dars qilmaydi va kun bo'yi boshini TELEFONdan ko'tarmaydi.

O'quvchilarimiz uchun telefon va turli xil gadjetlardan maktabda bo'lsin yoki uyda foydalanish qat'iyan ta'qiqlanadi. Ota-ona o'quv yili boshida telefon bermaslik borasida tilxat yozib beradi.

Farzandim qaysi fan yoki sohaga qiziqishini aniqlay olmayapti.

Tajribali murabbiylarimiz o'quvchi salohiyatini erta aniqlab, unga mos yo'nalishni tanlashda yordam beradi.

Farzandim ko'p dars qiladi lekin natija ko'rinmaydi.

Maktabimiz ustozlari barcha uchun bir xil emas, o'quvchining o'ziga mos uslub bilan dars berishadi. Natijada o'quvchining samaradorligi yuzaga chiqadi.

5 ta fandan repititorga, kunlik oziq-ovqat va transportiga juda ham ko'p pul sarflayapmiz.

Bizda bir oylik to'lov ichida 3 mahal ovqatlanish, hech qanday qo'shimcha repititorlarsiz ta'lim va transport xizmati mavjud.

Farzandimning axloqi meni xavotirga solyapti.

Bizda o'quvchilar odob-axloq va ilmni bir paytda o'rganishadi. Natijada o'quvchi jamiyatda hurmat va izzatga sazovor shaxs bo'lib yetishadi.

Kitob o'qi desak, o'qimasdan darrov telefonga yopishadi.

Bizda o'quvchilar haftada bitta kitobni mutolaa qilib, uni notiqlik darsida gapirib berishi shart qilingan. Bu bilan o'quvchining dunyoqarashi va nutq ko'nikmasi tez rivojlanadi.

"Zamaxshariy izdoshlari" imkoniyatlari

Farzandingiz o'qishdagi qiyinchiliklarini oson va samarali hal qilishga yordam beramiz!

Zamon talablariga mos o'quv bazasi va texnologiya asoslangan ta'lim tizimi

Sifatli va pokiza ovqatlanish majmuasi

Kutubxona va mutolaa darslari

Sinflar kesimida sun'iy intellekt, notiqlik va sport to'garaklari

Zamaxshariy izdoshlari o'quvchisi

Keng hovli va shinam dam olish joylari

Tuman markaziga yaqin, shovqinlardan holi joylashuv

Avtomobillar uchun alohida joylar

Olib kelish va olib ketish transport xizmatlari

O'quv dasturlarimiz

Eng yaxshi ta'lim sifati, tajribali ustozlar va innovatsion yondashuv bilan farzandingiz kelajagini biz bilan yarating!

Boshlang'ich

1-4 sinflar uchun

O'quvchilarda ilmga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, boshlang'ich bilim va ijtimoiy odoblarni shakllantirish jarayoni. Eng asosiysi bahosiz ta'lim muhiti.

Batafsil ma'lumot

O'rta

5-8 sinflar uchun

Barcha fanlardan poydevor bilimlarni egallash, qo'shimcha tarzda notiqlik, tanqidiy fikrlash, moliyaviy savodxonlik va sun'iy intellekt(AI)ni puxta o'zlashtirish jarayoni.

Batafsil ma'lumot

Yuqori

9-11 sinflar uchun

O'quvchining salohiyatidan kelib chiqqan holda o'zi xohlagan oliy o'quv yurtlariga tanlov fanlari asosida tayyorgarlik va kasbga yo'naltirish bosqichi.

Batafsil ma'lumot

Bizning jamoa

Farzandingizga sifatli ta'lim berish uchun eng yaxshi mutaxassislardan iborat jamoa tuzishga kirishdik.

Muhammad Sharif Ibrohim

Muhammad Sharif Ibrohim

"Zamaxshariy izdoshlari" loyihasi asoschisi

Dildora Usmonxo'jayeva

Dildora Usmonxo'jayeva

Ijrochi direktor

Ahadjon Ibrohimov

Ahadjon Ibrohimov

Axloqiy-tarbiyaviy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari

Abror Abdusalimov

Abror Abdusalimov

O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari

To'lqinjon Ergashev

To'lqinjon Ergashev

Xo'jalik ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari

Dilfuza Urinova

Dilfuza Urinova

Bosh oshpaz

Hasanjon Ismoilov

Hasanjon Ismoilov

Matematika ustozi

Davlatbek Qo'shmatov

Davlatbek Qo'shmatov

Ingliz tili ustozi

Nazokatxon Ahmadjonova

Nazokatxon Ahmadjonova

Arab tili ustozi

Gulnora Kamolova

Gulnora Kamolova

Rus tili ustozi

Nodira Akbaraliyeva

Nodira Akbaraliyeva

Koreys tili ustozi

Gulizar Ergasheva

Gulizar Ergasheva

Biologiya va tabiiy fanlar ustozi

Sadoqat Jo'rayeva

Sadoqat Jo'rayeva

Ona tili va adabiyot ustozi

Shuhrat Ismoilov

Shuhrat Ismoilov

Tarbiya va shaxsiy rivojlanish ustozi

Adolatxon Isomiddinova

Adolatxon Isomiddinova

Tarix va huquq ustozi

Sevinchbek Nazirjonov

Sevinchbek Nazirjonov

Fizika fani ustozi

Islom Rustam

Islom Rustam

Ingliz tili fani ustozi

So'nggi yangiliklar

Maktabimizdagi eng so'nggi voqealar va yutuqlardan xabardor bo'ling.

Dunyodagi eng yirik Islom muzeyiga sayohat
Dunyodagi eng yirik Islom muzeyiga sayohat
Dunyodagi eng yirik Islom muzeyiga sayohat
Sayohat20-may, 2026

Dunyodagi eng yirik Islom muzeyiga sayohat

Maktabimiz o'quvchilari Toshkentdagi "Islom sivilizati markazi" muzeyiga tumanimizdan birinchi bo'lib tashrif buyurishdi va boy tariximiz bilan yaqindan tanishishdi.

Toshkent-Samarqand sari sayohat!
Toshkent-Samarqand sari sayohat!
Sayohat5-aprel, 2026

Toshkent-Samarqand sari sayohat!

Maktabimizning eng ilg'or 30 nafar o'quvchisi ustozlar bilan birgalikda yurtimizning qadimiy shaharlari — Samarqand va Toshkentga sayohat qildi. Barcha xarajatlar maktab tomonidan qoplandi.

IELTS va CEFR'dan yangi natija
Yutuqlar10-fevral, 2026

IELTS va CEFR'dan yangi natija

IELTS'dan 7.0 sertifikatiga ega 10-sinf o'quvchimiz Zulayxo Mo'sajonova arab tili bo'yicha CEFR imtihonida B2 darajasini qo'lga kiritdi. O'quvchimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!

Ustozimizning natijasi
Yutuqlar22-yanvar, 2026

Ustozimizning natijasi

O'quvchilari muntazam yuqori natijalar ko'rsatib kelayotgan Davlatbek ustoz IELTS imtihonidan 8.0 ball to'pladi. Ustozimizga eng yuqori — 9.0 ballni qo'lga kiritishini tilab qolamiz.

Rekord natija yangilandi!
Yutuqlar18-dekabr, 2025

Rekord natija yangilandi!

Maktabimizning yana bir 10-sinf o'quvchisi Ulug'bek Abdurashidov IELTS imtihonidan 7.5 ball to'plab, rekord natijani yangiladi va maktab tomonidan iPad mini planshet bilan taqdirlandi.

Birinchi natija
Yutuqlar20-noyabr, 2025

Birinchi natija

Maktabimizning 10-sinf o'quvchisi Zulayxo Mo'sajonova IELTS imtihonidan 7.0 ball to'pladi. O'quvchimiz maktab tomonidan iPad 9 planshet, ustozi Davlatbek Qo'shmatov esa 4 mln so'm mukofot bilan taqdirlandi.

Birinchi o'quv yili boshlandi
Birinchi o'quv yili boshlandi
Birinchi o'quv yili boshlandi
Maktab hayoti2-sentabr, 2025

Birinchi o'quv yili boshlandi

2025-2026 o'quv yili boshlandi. Maktab ochilishida katta ulamolar va boshqa mehmonlar ishtirok etishdi.

Qabul jarayoni

"Zamaxshariy izdoshlari" farzandingiz kelajagi uchun aniq va tezkor qadamlardan iborat qabul jarayonini taklif etadi.

01. Maktabga tashrif

Jamoamiz ota-onalarni maktab hududida kutib oladi va barcha savollarga javob berishga tayyor.

02. Maktab bilan tanishuv

Har bir oilaga individual yondashuv asosida maktab va undagi barcha sharoitlar haqida to'liq ma'lumot beriladi.

03. Ota-ona bilan suhbat

Qabul komissiyasi a'zolari ota-onalar bilan suhbat o'tkazib, maqsadlarning bir-biriga qanchalik mos ekanligini aniqlaydi.

04. Psixolog suhbati

Maktab psixologi o'quvchining o'qishga tayyorlik darajasi, xulq-atvori va moslashuvchanligini baholaydi.

05. Bilim darajasini aniqlash

Poydevor fanlardan bilim darajasini aniqlash uchun osonlashtirilgan test sinovi o'tkaziladi va natijaga mos sinfga joylashtiriladi.

06. Qabul

Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchi va oila "Zamaxshariy izdoshlari" oilasiga qo'shiladi.

Maktabimiz haqida savollaringiz bormi?

Ma'lumotlaringizni yozib qoldiring va biz sizga tez orada bog'lanamiz.

Ko'p beriladigan savollar

Quyida bizdan tez-tez so'raladigan savollar uchun javoblarni tayyorlab qo'ydik.

Hozircha maktabimiz kunduzgi (yotoqxonasiz) tartibda ishlaydi. O'quvchilar dars vaqtidan tashqarida uyga qaytadilar.
Maktabimizda to'lovlarni yillik, 6 oylik qilib to'lash imkoniyati mavjud. Ammo oylik to'lovni bo'lib to'lash mavjud emas. To'lovlar har oyning 5-sanasigacha to'liq to'lanishi lozim.
Yo'q, narxlar har o'quv yili boshida belgilanadi va o'quv yili davomida o'zgartirilmaydi.
Barcha ustozlarimiz oliy ma'lumotli, tajribali va muntazam malaka oshirishdan o'tadi.
O'quvchilar kuniga uch mahal — nonushta, tushlik va asrlik — sifatli va gigienik ovqat bilan ta'minlanadi.
Ha, barcha o'quvchilar uchun yagona maktab formasi belgilangan.
Aka-uka/opa-singillar, shuningdek istedodli o'quvchilar uchun maxsus chegirma tizimi mavjud.
Ota-onalar uchun mobil ilova orqali davomat, baholar va kunlik hisobotlarni real vaqtda kuzatib borish mumkin.